Davergeodezkadastr Qo'mitasi Haqida
Portal haqida malumot
O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o'rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko'rsatadi.
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish ushbu O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to'g'risida Nizomga muvofiq ro'yxatga olish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o'tgan arizachilar uchun amalga oshiriladi.
Yagona portal maqsad va vazifalari:
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko'rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portalning asosiy vazifalari
- foydalanuvchilarga davlat organlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;
- foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;
- foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o'zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
- davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to'siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;
- «elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish.
Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo'ljallangan.
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish
Yagona portal orqali foydalanuvchiga bir tomonlama va ikki tomonlama shakldagi interaktiv davlat xizmatlari, shuningdek davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan tranzaktsion xizmatlar ko'rsatiladi.
Interaktiv davlat xizmatlari Yig'ma reestri (keyingi o'rinlarda Yig'ma reestr deb ataladi) Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Yig'ma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.
Yagona portalni qo`llab-quvvatlash:
Ахbоrоt hаmrоhi vа tuzilmаviy mа’muriyatchilik – Kоmpyutеr va axborot tехnоlоgiyalаrini rivojlantirish vа joriy etish Mаrkаzi – UZINFOCOM
Me'yoriy hujjatlar bazasi:
Ishlatish tartibi
veb sayt: my.gov.uz